Qahramon Dadayev

Qo`shiqchi
Qahramon Dadayev
Tavallud sanasi:
15.12.1936

Yaxshi doirachi sifatida tanilgan, “Xizmat ko‘rsatgan”, O‘zbekiston xalq artisti» unvonlariga sazovor bo‘lgan. Doirada ajoyib milliy kuylar chalib, o‘zbek musiqa va raqs san’atining nodir durdonalarini jahon tomoshabinlariga yaqindan tanishtirgan. Doirada turli kuylarni shu qadar hayajon bilan berilib, zavq bilan chaladiki, uning bu mohirligiga beparvo qarash aslo mumkin emas.

Doirachi Qahramon Dadayev 1936 yilda Toshkentda tug‘ilgan. M.Turg‘unboyeva nomidagi xizmat ko‘rsatgan O‘zbekiston Davlat «Bahor» raqs dastasi (1954 yilda) tashkil bo‘lgandan beri Q.Dadayev ushbu ijodiy jamoada doirachi-solist sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Doira chalishni juda erta, musiqa to‘garagiga qatnashib yurgan 50-yillarda boshlagan Q.Dadayev «Bahor» raqs dastasiga ishga kirgunga qadar ham ko‘pchilikka yaxshi doirachi sifatida tanilgan, unga nisbatan ma’lum darajada e’tibor bor edi. O‘z ustida tinmay ishlash, Usta Olimning ish mahorati sirlarini o‘rganish, ustozlari To‘ychi Inog‘omov, G‘ofir Inog‘omovlarning doira chalish usullarini, san’at sirlarini sinchkovlik bilan kuzatish natijasida murakkab va o‘ziga xos sohani puxta egalladi. Shu bois 18 yashar yosh yigit «Bahor» raqs dastasiga tezda doirachi sifatida ishga qabul qilindi.

Q.Dadayev Samarqand, Buxoro, Farg‘ona usullarini puxta o‘rgandi va ularni maromiga yetkazib ijro etdi. «Larzon», «Pilla», «Uchrashuv», «Havaskor», «Cho‘lpon*, «Zang» kabi o‘nlab kuylarni doirada chalganda tomoshabin hayajonlanadi, rohat qiladi, orom oladi, zavqlanadi.

Doirada turli kuylarni shu qadar hayajon bilan berilib, zavq bilan chaladiki, uning bu mohirligiga beparvo qarash aslo mumkin emas. Ana shu xususiyati bilan u zamonamizning tengi yo‘q doirachisi sifatida tan olindi, olqish va hurmatga sazovor bo‘ldi. Q.Dadayev bir necha marotaba Moskvada bo‘lgan O‘zbekiston adabiyoti va san’ati dekadalarida, qo‘shni respublikalarda o‘tkazilgan O‘zbekiston san’ati kunlarida faol qatnashib, mohir va iste’dodli doirachi sifatida shuhrat qozondi.

San’atkor 1955-1994 yillar mobaynida O‘zbekiston san’at ustalari va «Bahor» dastasi bilan AQSh, Yaponiya, Kanada, Xitoy, Iroq, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Italiya, Malta, Gvineya, Angola, Mozambik, Tunis, Shimoliy Koreya, Olmoniya, Avstriya, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya, Turkiya, Laos, Meksika, Ispaniya, Argentina, Kuba, Gretsiya, Angliya, Shotlandiya, Urugvay, Braziliya, Malayziya, Belgiya, Vetnam. Portugaliya, Dakar kabi mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo‘lib, doirada ajoyib milliy kuylar chalib, o‘zbek musiqa va raqs san’atining nodir durdonalarini jahon tomoshabinlariga yaqindan tanishtirdi.

Mashhur doirachi Qahramon Dadayev 1973 yilda xizmat ko‘rsatgan O‘zbekiston Davlat «Bahor» xalq raqs dastasining 1971-1972 yillar kontsert dasturi uchun Davlat mukofotiga, 1977 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘ldi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/dadayev_qahramon_
Sayt foyda berdi!
87671 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi